Yordam markazi
Bron qilish, to‘lov, jamoa va hisob bo‘yicha javoblar. Topa olmasangiz, ilovadan bizga yozing.
O‘yinchilar
Maydonni qanday band qilaman?
Maydonni oching, sana va bo‘sh soatni tanlang, “Band qilish”ni bosing. Ba’zi maydonlar avtomatik tasdiqlaydi, boshqalarida egasi so‘rovga javob beradi.
Bronni qanday bekor qilaman?
“Bronlar” bo‘limida bronni oching va bekor qiling. O‘yinga juda kam vaqt qolganda bekor qilsangiz, ishonch balingiz pasayadi; muddat maydon sahifasida ko‘rsatilgan.
Oldindan to‘lov qanday ishlaydi?
Ba’zi maydonlar oldindan to‘lov so‘raydi. Bron qilgach egasining kartasini ko‘rasiz, ko‘rsatilgan vaqt ichida Click orqali o‘tkazasiz va chek rasmini yuklaysiz. Egasi chekni ko‘rib bronni tasdiqlaydi.
Jamoa yoki o‘yinchi qanday topaman?
“Jamoa” bo‘limida jamoa tuzing, kod bilan qo‘shiling yoki o‘yinga “o‘yinchi kerak” e’lonini bering. Raqib qidirayotgan jamoalar ham shu yerda.
Ishonch bali nima?
Ishonchlilikni ko‘rsatadi: o‘z vaqtida kelish uni saqlaydi, kelmaslik va kech bekor qilish pasaytiradi. Maydon egalari so‘rovni ko‘rib chiqishda unga qaraydi.
Maydon egalari
Maydonimni qanday qo‘shaman?
Ilovada “Maydon egasi” sifatida ro‘yxatdan o‘ting, maydon nomi, rasmlari, joylashuvi, narxlari va ish vaqtini kiriting. Tekshiruvdan so‘ng maydon o‘yinchilarga ko‘rinadi.
So‘rovlarni qayerda ko‘raman?
Yangi so‘rovlar bosh sahifada oyna sifatida chiqadi: tasdiqlang yoki rad eting. Xohlasangiz, maydon sozlamasida avtomatik tasdiqni yoqing.
Oldindan to‘lovni qanday yoqaman?
Profil > To‘lov kartalari bo‘limida kartangizni qo‘shing, so‘ng maydonning “Oldindan to‘lov” sahifasida uni tanlang. Kartani faqat maydoningizni bron qilgan o‘yinchi ko‘radi.
Hisob
Hisobimni qanday o‘chiraman?
Sozlamalar > “Hisobim va ma’lumotlarimni o‘chirish”. Sayt pastidagi “Hisobni o‘chirish” sahifasida ham yo‘riqnoma bor.
Ilova qaysi tillarda?
O‘zbek, rus, ingliz va turk tillarida. Tilni Sozlamalarda o‘zgartirasiz.
Maydon AI
Maydon AI nima?
Ilova ichidagi sun’iy intellekt yordamchisi: bo‘sh maydonlar, narxlar va bron haqida savollarga javob beradi. Javoblarda xato bo‘lishi mumkin, karta ma’lumotlarini yozmang.
Bizga qanday yozasiz?
Ilovada Sozlamalar > Yordam bo‘limidan yozing; murojaatlar tez ko‘rib chiqiladi.
